Tayyor biznesdan daromad oling

Kapitalingizni ko‘paytirishning ishonchli usuli — foydali shartlar va yillik 28% gacha barqaror daromad bilan.

28%
yillik
Yuqori daromad stavkasi
minimal xatarlar bilan
Barqaror daromad
Daromadingizni
har oy kartangizga oling
0%
komissiya
Pul kiritish va yechishda
hech qanday komissiya yo‘q

Bu qanday ishlaydi?

agat credit kompaniyasining obligatsiyalariga investitsiya qilishni qanday boshlash mumkin. Bir necha oddiy qadam orqali, smartfoningiz yordamida

01
agat invest mobil ilovasini yuklab oling
02
Broker hisobingizni to‘ldiring
03
Obligatsiyalar portfelingizning daromadliligini kuzating

Investitsion kalkulyator

Potentsial daromadingizni hisoblang, investitsiya miqdori va muddatini belgilang kerakli hissa

Investitsiya summasini kiriting

Oylik to‘lovning taxminiy summasi

0 UZS

To‘lanadigan umumiy summa

0 UZS

Nima uchun agat invest?

Bizning missiyamiz – O‘zbekiston aholisini xususiy biznesni rivojlantirishda qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash.


Barqaror biznesdan pul ishlang

Biz qulay sharoitlar va yillik 28% barqaror
daromad bilan kapitalingizni oshirishning ishonchli usulini taklif qilamiz

Kompaniya yangiliklari

Yangiliklarimizga qo‘shiling va barcha voqealardan xabardor bo‘lib boring. Muhim yangilanishlarni o‘tkazib yubormang — biz bilan moliyaviy yangiliklardan doimo xabardor bo‘ling!

"agat credit" MFO AJ yillik 27% daromadlilik bilan korporativ obligatsiyalar chiqardi

"Agat Credit" MMT AJ yillik 27% daromadlilik bilan korporativ obligatsiyalar chiqardi 
"Agat Credit" MMT AJ 40 milliard so‘mlik yangi korporativ obligatsiyalar chiqarilishini sotuvga qo‘yganini e’lon qildi. Endi har bir investor kapital to‘liq sug‘urtalangan holda obligatsiyalarni sotib olib, yillik 27% miqdorida oylik daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu kompaniyaning uchinchi marta obligatsiya chiqarishi bo‘lib, uning barqaror rivojlanayotgani va investorlar ishonchining tobora ortib borayotganini tasdiqlaydi. Joylashtirishdan olingan mablag‘lar mikromoliyalashtirishni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, jismoniy shaxslar uchun investitsiya imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi. 

Chiqarish shartlari: 
Emissiyaning umumiy hajmi - 40 mlrd so‘m 
Daromadlilik - yillik 27% 
Muomala muddati - 365 kun 
Bir obligatsiyaning nominal qiymati - 100 000 so‘m 
Soni - 400 000 dona 
Kupon to‘lovi - har oyda Investorlar kapitali sug‘urtalangan 

"Xavfsizlik va shaffoflik faoliyatimizning asosini tashkil etadi. Biz barqaror daromad keltiradigan va investorlarning ishonchini qozongan moliyaviy vositalarni yaratmoqdamiz," - deya ta’kidladi kompaniya vakillari. 

"Agat Credit" MMT AJ o‘z mijozlariga foydali va ishonchli investitsiya yechimlarini taklif etib, moliya bozoridagi o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda. Obligatsiyalarni mobil ilova va agatinvest.uz saytidan xarid qilish mumkin.
Batafsil
07.11.2025

agat credit mikromoliyaviy bankka aylanishini e’lon qiladi

"agat credit" aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatini mikromoliya tashkilotidan mikromoliyaviy bankka aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlar qarori
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi2025-yil 21-oktyabrda bo‘lib o‘tdi va unda "agat credit" AJ faoliyatini mikromoliyaviy bankka aylantirish tasdiqlandi.

Yig‘ilish davomida quyidagilar ko‘rib chiqildi va ma’qullandi:
kompaniyaning yangi ustavi va tashkiliy tuzilmasi;
Markaziy bankda qayta tashkil etishni ro‘yxatdan o‘tkazish;
"agat credit" mikromoliyaviy bankining nomi va logotipi;
Boshqaruv va Kuzatuv kengashi a’zolari.


Rahbariyat
Mikromoliyaviy bank Boshqaruvi raisi lavozimiga Anton Dmitriyev tayinlandi. Boshqaruv tarkibiga, shuningdek, Ulug‘bek Adilov va Maqsud Maqsudov ham kiritildi.
Rahbariyat Markaziy bank litsenziyasini olgandan so‘ng o‘z vakolatlarini bajarishga kirishadi.

O‘zgartirishning huquqiy asosi
Mikromoliya tashkilotlarini mikromoliyaviy banklarga aylantirish 2025-yil fevral oyida O‘RQ-1026-sonli Qonun qabul qilinganidan keyin imkoniyat paydo bo‘ldi.
"Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, mikromoliyaviy bank bank faoliyatini amalga oshiruvchi hamda mikromoliya tashkilotlari va tijorat banklari o‘rtasida oraliq mavqega ega bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi.

Keyingi qadamlar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli litsenziyasini olgandan so‘ng, kompaniya moliyaviy xizmatlar doirasini kengaytirgan holda yangi maqomda faoliyatini davom ettiradi. "agat credit"ning mikromoliyaviy bankka aylanishi mahsulot va xizmatlar turlarini ko‘paytirish, kompaniyaning barqarorligini oshirish va mijozlarga yanada yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlash imkonini beradi.
Kompaniya zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish, kreditlash va investitsiyalash yo‘nalishlarini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston moliya bozoridagi o‘z mavqeini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

Tashqi manba
Batafsil
23.10.2025

agat credit - barqaror daromad va ishonchli investitsiyalar uchun!

agat credit - barqaror daromad va ishonchli investitsiyalar uchun! 2025-yil 12-martda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi "agat credit" MChJ MFO Kuzatuv kengashi bilan birgalikda kompaniya obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risida muhim qaror qabul qildi. Bu qadam moliyaviy mavqeni mustahkamlash va investorlarga barqaror daromad olish imkoniyatlarini taqdim etish strategiyasining bir qismi hisoblanadi. "agat credit" qulay shartlar va yillik 29 foizlik barqaror daromad bilan kapitalini ko‘paytirmoqchi bo‘lganlarga ishonchli usulni taklif etmoqda. Mazkur obligatsiyalar yuqori daromadli va minimal xatarli variantlarni izlayotganlar uchun jozibador investitsiya vositasi hisoblanadi. Kompaniya o‘z mijozlariga sifatli moliyaviy xizmatlarni taqdim etishga intiladi va bozordagi mavjud investitsiyalar doirasini kengaytirmoqda. "agat credit" obligatsiyalariga sarmoya kiritishning afzalliklari yuqori daromadlilik, investitsiya xavfsizligi va shaffof shartlarni o‘z ichiga oladi. Investitsion taklifning afzalliklari va shartlari haqidagi maqolaning davomini veb-saytimizda o‘qing: agat credit obligatsiyalarini chiqarish haqida batafsil Agar "agat credit" investitsiya bozori va imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot olishni istasangiz, quyidagi havola orqali maqolani o‘qing: "agat credit" bilan investitsiya imkoniyatlari haqida https://clck.ru/3KMF2E agat invest - barqaror daromad va ishonchli investitsiyalar uchun!
Batafsil
12.04.2025